Jamiyat | 14:09 / 05.05.2016
8418
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda urush faxriylariga 250 dollardan tarqatiladi

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan qabul qilgan qarori asosida mamlakatda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriylari hamda front orti mehnatkashlariga 2 ming somoniydan (taxminan 250 dollar) taqdim etiladi. Bu haqda davlat rahbari ma'muriyatiga asoslanib TASS xabar qildi. 

Emomali Rahmonning matbuot xizmati vakili bergan ma'lumotga ko‘ra, ayni paytda Tojikistonda 2 mingga yaqin sobiq frontchilar va front orti mehnatkashlari yashaydi. 

5 maydan boshlab respublikada «Bobomning g‘alabasi – mening g‘alabam”, “Tojikiston qahramonlarni sharaflaydi” shiorlari ostida yodgorlik tadbirlari boshlangan. Ushbu xayriya aksiyalari tojik-qahramonlarga bag‘ishlangan yodgorliklarni obodonlashtirishga yo‘naltirilgan. 

Tojikiston Ikkinchi jahon urushi frontiga 300 mingdan ortiq odam yuborgan. Ularning har uch nafaridan biri jang maydonlaridan qaytmagan. 57 nafar tojikistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, 19 nafari esa Shuhrat medali sohibiga aylangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan, 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish