O‘zbekiston | 18:11 / 05.05.2016
4905
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining 65 foizdan ko‘prog‘i Huawei uskunalari yordamida aloqa xizmatidan foydalanadi

O‘tgan haftada Huawei O‘zbekiston bosh direktori Van Pen o‘zining ilk matbuot anjumanini o‘tkazdi. U 2016 yil fevralida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi shoxobchasiga bosh direktor etib tayinlangan edi. 

Van Penning hikoya qilishicha, kompaniya vakolatxonasi ochilganidan boshlangan o‘zaro hamkorlikning 16 yillik qisqa tarixida bir nechta mobil aloqa kompaniyalariga uskunalar yetkazib berilgan, birinchi 3G tarmog‘i va MDH mintaqasida birinchi LTE tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Uzmobile milliy mobil operatorining ilk tijoriy foydalanishi amalga oshirilgan. 

Joriy yilda "Jizzax" maxsus erkin industrial hududida loyiha qiymati 3 mln. dollardan ko‘proqqa baholangan qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, korxonaning rasmiy ishga tushirilishi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi. U telekommunikatsiya uskunalari, xususan, shishatolali kommunikatsiya tarmoqlarining muhim qismlarini ishlab chiqaradi. Bunda, “Huawei” va "O‘zbektelekom" AJ hissasi teng ulushda 1,5 mln AQSh dollaridan iborat. 

“Huawei Technologies Co.Ltd” (Huawei) kompaniyasi bilan qo‘shma loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 sentabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish chora-tadbirlari va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi R-4131 raqamli farmoyishiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Huawei aloqa stansiyalari uskunalaridan aholining 65 foizi foydalanishi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan birining qurilmalaridan bir davlat hududida foydalanishiga oid 140 davlat ko‘rsatkichidan sezilarli ko‘pdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish