“Chegara bilmas shifokorlar” Istanbuldagi sammitga borishdan bosh tortdi
“Chegara bilmas shifokorlar” (Medecins Sans Frontieres, MSF) nodavlat tashkiloti 23-24 may kunlari BMT shafeligida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan birinchi Insonparvarlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortgani to‘g‘risida ma'lum qildi. Tashkilot yozma arizasida forumning yakuniy hujjati to‘g‘risida tanqidiy fikr bildirgan. O‘z o‘rnida BMTda ham MSF raddiyasini olingani va bu qarorda afsusda ekanligini bildirildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Chegara bilmas shifokorlar” o‘z qarorlarini izohlar ekan, xalqaro insonparvarlik huquqi va qochqinlar huquqlari har kuni buzilib turgan bir paytda tashkilot a'zolari yaxshi niyatlarda normalarga amal qilinishini qo‘llab-quvvatlashga va ocharchilikka chek qo‘yishga intilishlarini ma'lum qildi.
“Sammit yaxshi niyatlar jamlangan anjir yaprog‘iga aylandi va tizimni qoidabuzarliklar, birinchi navbatda, davlat tomonidan, e'tiborga olmaslikka yo‘l qo‘yib beradi”, - deyiladi murojaatda.
BMT “Chegara bilmas shifokorlar”ni insonparvarlik ishlarida o‘z hamkorlari deb hisoblashlarini tasdiqlashdi. Biroq bir yildan ortiq muddat tayyorgarlik ko‘rilgan sammitdan bosh tortishganidan afsusda ekanlarini bildirdi.
“Biz ularning arizasi bilan tanishib chiqdik. Bu achinarli, chunki sammitda “Chegara bilmas shifokorlar” ishlariga aloqador bo‘lgan ko‘plab masalalar ko‘riladi”, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.
Unga ko‘ra, Istanbuldagi sammitda taxminan 6 ming ishtirokchi kutilmoqda. Forum doirasida 130ga yaqin tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
BMT hisobi bo‘yicha, hozir dunyoda qurolli nizolar va tabiiy ofatlardan aziyat chekkan 125 million nafardan ortiq odam insonparvarlik yordamiga muhtoj. Ulardan 60 millioni o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
“Chegara bilmas shifokorlar”tashkilotida 80tadan ortiq mamlakat bo‘ylab 3 mingdan ortiq ko‘ngilli yig‘ilgan. Ular, jumladan, qurolli nizolar bo‘layotgan hududlarda ham faoliyat yuritadi.