Qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lgan xodimlarning huquqlarini himoya qilish borasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5-6 may kunlari Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lgan xodimlarning huquqlarini himoya qilish va rioya etish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish sohasida O‘zbekiston tajribasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mehnat vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.
Tadbirda mehnat sohasida aholini zarur axborot bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, jamoatchilik joylarida va ta'lim muassasalari, poliklinikalar, bozorlar kabi odam to‘planadigan joylarda mavzuga oid bannerlar hamda ko‘rgazmali e'lonlarning joylashtirilayotgani alohida e'tirof etildi.
Bundan tashqari, call-markazning ishlayotgani, fbm.uz (feed back mechanism) saytining ishga tushgani hamda telegram messenjerida axborot kanali ishlayotgani ham ta'kidlab o‘tildi.