Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lian Li o‘lchamlari o‘zgarib turadigan kompyuter stolini taqdim etdi
Kompyuter uchun maxsus stollar yangilik emas, ammo ularda metallning ishlatilishini yangilik desa ham bo‘ladi. Lian Li kompaniyasi DK-04 korpusli kompyuter stollarini taqdim etdi. Ammo uning narx-navosi barchaga ham to‘g‘ri kelavermasa kerak — 1500 AQSh dollari.
Ammo kompaniya bu stolni barcha ham sotib ololmasligini anglagan holda, arzonroq bo‘lgan DK-12 kompyuter stolini taqdim etdi. Uning DK-04 dan farqi shundaki, unda korpus bo‘lmay, balki haqiqiy kompyuter stolini o‘zida mujassam etgan. Stolning o‘ng tomon burchagida maxsus boshqaruv pulti bo‘lib, undan foydalanuvchi stolni o‘ziga bemalol moslashtira oladi.

DK-12 stoli Lian Li kompaniyasining eng yaxshi usullari asosida yasalgan. Ularning materiali mustahkam va chidamlidir. Uning eng kam bo‘yi 70,5 sm.ni eng balandi esa 118,5 sm.ni tashkil etadi. O‘lchami 1400 × 750 millimetr.