Jamiyat | 15:22 / 06.05.2016
7266
2 daqiqa o‘qiladi

Rejissyor va prodyuser Jorj Kluni 55 yoshni qarshi oldi

Jorj Kluni yigirma yoshidan boshlab filmlarda suratga tusha boshladi. Birinchi 10 yillik davomida u 75ga yaqin filmda katta-kichik rollarni ijro etdi.   «Pomidorlarning qotillikka qaytishi» (1988) serialida ham kichik rollardan birini ijro etgan. “Tez yordam” serialidagi Doktor Daga Rossa roli Kluniga omad keltirdi. Ushbu serialdagi roli uchun aktyor “Emmi” va “Oltin globus” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi. Kluni ushbu serial shousida 108 ta epizodik rolni o‘ynash uchun 5 yil davomida mehnat qilgan. 1996 yilda Robert Rodriges Klunini o‘zining «Shafaqdan tonggacha» nomli jangari filmiga taklif qildi. 

Shuningdek, Kluni «Betmen va Robin» filmida Betmen, Stiven Soderbergning  “Okeanning do‘stlari:  avlodlarda”, “Tortishishlar”, “Yashasin Tsezar!” filmlarida rol ijro etdi. O‘zi esa “Mart voqealari”, “Xazina qo‘riqchilari” filmini suratga oldi. Sakkiz nominatsiya bo‘yicha “Oskar”ga loyiq deb topilgan. 2005 yilda bir urinishdayoq “Siriana”  siyosiy triller filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun “Oskar”ga loyiq deb topildi. Ikkinchi “Oskar” uning “Argo operatsiyasi” filmidagi prodyuserlik ishi uchun topshirildi.