SpaceX raketaning quyi qismini okeandagi platformaga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi
Amerikaning SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa tashuvchisining quyi qismini Atlantika okeanidagi platformaga boshqarish orqali muvaffaqiyatli qo‘ndirdi, deb xabar qilmoqda SpaceX vakillari.
"Falcon 9 ning quyi qismi platformaga qo‘ndi", - deyiladi kompaniya xabarnomasida.
Bortida Yaponiyaning SKY Perfect JSAT Group kompaniya-operatorining JCSAT-14 sun'iy aloqa vositasi bo‘lgan raketa AQShning Florida shtati Kanaveral burni kosmodromidan uchirilgandi.
Aprel oyi o‘rtalarida Dragon yuk kemasini fazoga olib chiqqan Falcon 9 ning ishlab bo‘lgan qismini platformaga qo‘ndirish jarayoni ham omadli yakunlangan edi. Eslatib o‘tamiz, raketaning quyi qismini saqlab qolish borasidagi avvalgi 4ta urinish omadsizlikka uchragan. SpaceX’ning fikricha, raketa quyi qismini takror qo‘llash tijoriy parvozlar narxini arzonlashtirishga yordam beradi.
15 yil mobaynida uzluksiz ishlash imkonini beradigan JCSAT-14 Osiyodagi yetakchi sun'iy yo‘ldosh operatoridan biri hisoblanuvchi yapon korporatsiyasining JCSAT sun'iy yo‘ldoshlari tizimidagi eskirgan qurilmalarini almashtiradi.
Vazni 5 tonnaga yaqin bo‘lgan JCSAT-14 Amerikaning SSL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, Osiyoning bir qator davlatlari, shuningdek, Rossiya va Avstraliya hududlarining bir qismiga televizion va internet-signallarini yetkazadi.