Finlyandiyaga qochqinlarning kelishiga qarshilar Xelsinkida namoyish o‘tkazishmoqda
Finlyandiyaga qochqinlarning kelishiga qarshi chiqayotganlar 7 mayda poytaxt Xelsinkida norozilik namoyishini o‘tkazishmoqda. Ta'kidlanishicha, Kansalaystori maydonida o‘tayotgan namoyishga bir necha o‘nlab odamlar yig‘ilgan, ular qo‘llarida fin bayroqlarini ushlab olganlar.
Namoyish ishtirokchilari finlarga muhojirlardan ko‘ra ko‘proq o‘z fuqarolari ehtiyojlariga ko‘proq e'tibor qaratishlari kerakligini aytmoqdalar. "Qabul qilish markazlari – fin boshpanasizlariga, terrorchilar Finlyandiyadan daf bo‘ling!" deb yozilgan namoyish tashkilotchilari nutq so‘zlayotgan sahnadagi transparantlardan birida.
"Qabul qilish markazlarini boshpanasizlarga emas, balki qochqinlarga berishni afzal qo‘rishmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab shu ahvol. Muhojirlar faqatgina osonroq hayot va mehnatsiz olinadigan pulni istashmoqda", deb aytdi namoyishchilardan biri. "Qochqinlar orasida suriyaliklar bir necha fozgina. Biz qochqin-sayyohlar haqida emas, o‘zimiz haqimizda qayg‘urishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi u.
Namoyish tashkilotchilarining fikricha, qochqinlarning mamlakatda keyingi integratsiyasiga imkoniyatlar pastdir, ulardan 40 foizi "parallel mavjud bo‘lgan hamjamiyatlarga qo‘shilishi mumkin". Namoyishchilar Yevropa Ittifoqining Turkiya bilan vizasiz tartibni kiritish rejalaridan xavotirlanayotganlarini bildirdilar. Ularning fikricha, "Turkiya bunday holda turli ustunliklarga ega bo‘ladi ".
Ba'zi yig‘ilganlar mamlakat ichki ishlar vaziri Petteri Orponing ishidan norozilik bildirdilar. Ularning fikricha, vazir "mamlakatga qochqinlarning kelishi bilan bog‘liq vaziyat haqida yolg‘on axborot bermoqda". Ular vazir go‘yoki "o‘z rafiqasini ish bilan ta'minlayotganiga" ishora qilishdi: vazirning rafiqasi turli xizmatlar bilan birga qochqinlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya xodimi hisoblanadi.
Namoyish ishtirokchilari " Finlyandiya barchasidan ustun, chegaralarni yopamiz! YeIdan chiqamiz!" deb hayqirganlar.
Ayni vaqtda tadbir hech qanday ko‘ngilsiz holatlarsiz o‘tmoqda. Namoyishchilar shaharning markazi bo‘ylab piyoda yurib o‘tmoqchilar.
Finlyandiya migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatga 2015 yilda turli davlatlardan, asosan Iroqdan 32,5 mingga yaqin qochqin kelgan. Ko‘pchilik qochqinlar mamlakatga shved-fin chegarasi orqali, biroq ba'zilar Germaniyadan paromlarda va Rossiya bilan chegara orqali kelishgan. Mamlakat hukumatining baholashicha, kelganlardan uchdan ikki qismiga boshpana berish rad etilishi mumkin.