Jahon | 17:46 / 07.05.2016
5844
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda olti kishi josuslikda ayblanib, qatlga hukm qilindi

Misrda taqiqlangan "Musulmon birodarlar" assotsiatsiyasining sobiq olti vakiliga nisbatan (Ahmad Ali Abdu Afifiy, Muhammad Odil Kiloniy, Ahmad Ismoil, Muhammad al-Xatib, Umar Muhammad Siblon va Ibrohim Muhammad Halol) Qatar foydasiga josuslik qilgani uchun Qohira jinoiy sudi tomonidan o‘lim jazosi tayinlandi. Bu haqida  المصر الىوم (Misr bugun) nashri ma'lum qildi. 

Jinoiy ish Misr yuqori muftiysiga tasdiqlash uchun topshirildi. Ular davlat sirini tarqatish, shuningdek, mamlakat suvereniteti hamda xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan hujjatlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanishdi. 

Sud bu ish bo‘yicha asosiy ayblanuvchi - Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va yana to‘rt ayblanuvchiga nisbatan qarorni ovoza qilishni 18 iyunga qoldirdi.