Jamiyat | 16:12 / 07.05.2016
5498
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida «Otalar jasorati yoshlarga ibrat!» adabiy musiqiy kecha o‘tkazildi

Samarqand shahar madaniyat va sport ishlari bo‘limi tasarrufidagi Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi hamkorlikda 55 umumta'lim maktabi bilan 9 may  Xotira va qadirlash kuniga «Otalar jasorati yoshlarga ibrat!» deb nomlangan teatrlashtirilgan adabiy musiqiy kechasi tashkil etildi.

Yig‘ilganlar e'tiboriga Amir Temur madaniyat markazi qoshidagi bolalar folklor jamoasi, raqs-xoreografiya ijodi guruhi, honandalar Salohiddin Oripov va Sherzod Tursunovlar bayramga bag‘ishlangan ijodiy dasturlarini namoyish qildilar.

55-umumta'lim maktabining 9 «A» sinf o‘quvchilari tomonidan yurtimizdagi osoyishtalikni qadriga ettishimiz lozimligini ta'kidlaydigan badiiy kompozitsiya tadbir qatnashchilari e'tiboriga havola qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish