"Zenit" futbol klubining sobiq o‘yinchisi rafiqasini o‘ldirganlik uchun 10 yilga qamaldi
Sankt-Peterburning "Zenit" futbol klubining faxriysi Vladimir Dolgopolovga o‘z rafiqasini o‘ldirganlik ayblovi bo‘yicha chiqarilgan jazo hukmi o‘z kuchida qoldi. Bu haqda sobiq futbolchining advokati Yuriy Xabarovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Peterburgning Frunzensk tumani sudi 21 yanvarda Dolgopolovni 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. Sud futbolchining rafiqasi 2014 yil 18 sentabrga o‘tar kechasi Dolgopolov uni maishiy janjal vaqtida do‘pposlagandan keyin o‘z uyida vafot etganini o‘rnatgan.
6 mayda Peterburg shahar sudi sobiq futbolchining appelyatsiya arizasini ko‘rib chiqdi va uni qondirmaslikka qaror qildi.
"Hukm qonuniy kuchga kirdi. Dolgopolov maksimum bir oydan keyin koloniyaga jo‘natiladi", deb aytdi advokat. Advokat himoya hukmning kassatsion instansiyada bekor qilinishiga urinib ko‘rishini ta'kidlab o‘tdi. Advokatning aytishicha, buning uchun "real asos" bor, chunki sud majlislaridan birida futbolchining huquqlari tahqirlangan.
Oxirgi vaqtlar "Zenit"ning faxriylari bilan ishlash bo‘yicha menejyer bo‘lib ishlagan Dolgopolov 2014 yil sentabrda hibsga olingandi.