Jamiyat | 07:45 / 08.05.2016
7398
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda professor matematik tenglamasi terrorchilarga maktub deb gumonlanib qo‘lga olindi

Pensilvaniya universitetining iqtisodiyot professori Guido Mentsio Filadelfiya aeroportida terrorchilarga maktub yozishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.

40 yoshli, qora sochli, qoramtir tanli va antiqa xorijiy talaffuzga ega olim samolyotda parvozini kutish vaqtida matematika bo‘yicha differensial tenglamani yechish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning yonida o‘tirgan ayolga bu shubhali ko‘ringan.

Ayol styuardessaga o‘zini yomon his qilayotganini va bu reys bilan uchmasligini aytgan hamda unga erkak kimgadir tushunarsiz nimadir yozayotgani aytilgan qog‘ozchani bergan.

Buning oqibatida American Airlines aviakompaniyasining reysi ushlandi va professor so‘roq qilindi. So‘roq vaqtida olim italyan millatiga mansub professor ekanligi, "uning tushunarsiz tildagi maktubi" esa unga leksiyada kerak bo‘ladigan oddiy matematik tenglama ekanligi ma'lum bo‘ldi.