Jahon | 08:36 / 08.05.2016
3073
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy sharqida ko‘chki ostida 30 kishi qolib ketdi

Xitoy sharqida joylashgan Futszyan viloyatidagi qurilish maydonchalaridan birida sodir bo‘lgan ko‘chki tagida 30 kishi qolib ketdi, deb yozmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ushbu voqea mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:00 larda Sanmin orkrugining Taynin uyezdida yuz berdi. Ko‘chki ishchilar yashagan yotoqxonani bosib qolgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar va politsiyachilar qutqaruv ishlarini olib bormoqdalar, u yerga qutqaruv texnikasi yuborilgan. Qutqaruvchilarning aytishicha, ko‘chkiga hududdagi kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.