Jahon | 21:40 / 08.05.2016
2972
1 daqiqa o‘qiladi
Qutqaruvchilar Xitoyda ko‘chki ostidan 13 kishini chiqarib olishdi
Qutqaruvchilar Xitoyning Taynin uyezdida (Sharqiy Xitoy, Futszyan viloyati) 8 may ertalabki payt qurilish maydonchasida tuproqning o‘pirilishi oqibatida tuproq tagida tiriklayin qolib ketganlardan 13 nafarini chiqarib olishdi. Bu haqda Xitoyning markaziy televideniyesi ma'lum qildi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 41 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Tuproq o‘pirilishi 8 may ertalabki payt kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘ldi. 100 ming kub metr loy va tog‘ jinsi mahalliy gidroelektrostansiyasining qurilish maydonchasiga qoya bo‘ylab pastga o‘pirilib tushgan hamda ishchilar uxlayotgan turar-joy va ma'muriy binoni bosib qolgan.