Jahon | 08:11 / 08.05.2016
7722
1 daqiqa o‘qiladi

Taniqli rok musiqachi Tramp qiyofasida "keyingi Gitlerni" ko‘rayotganini aytdi

Taniqli britaniyalik rok musiqachi Ozzi Osborn AQSh prezidenti lavozimiga nomzod  Donald Tramp qiyofasida "yangi Gitlerni" ko‘rayotganini aytdi.

"Donald Tramp menga qo‘rquv soladi. Men uchun u keyingi Gitlerdir. U, jin ursin, aqli noraso. Biroq men nima uchun bunday kimsa bunday ko‘p sondagi amerikaliklarni o‘ziga jalb qila olganini ma'lum darajada tushunaman: u o‘zini moliyalashtiradi va ishchi sinfga tushunarli tilda gapiradi", deb aytdi musiqachi Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

Osbornning fikricha, AQSh prezidenti kursisini Xillari Klinton egallaydi. Biroq musiqachi Klinton o‘zining saylovoldi va'dalarini bajarishiga shubha bildirmoqda.

Ozzi Osborn Black Sabbath rok-guruhi asoschilaridan biri bo‘lib, ayni damda AQShda yashaydi.