Sport | 18:47 / 10.05.2016
2754
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Neymar bilan yangi shartnomada uning tovon puli miqdorini 220 mln yevro qilib belgilab qo‘ymoqchi

«Barselona» jamoasi o‘zining braziliyalik hujumchisi Neymar bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning 20 iyuniga qadar tuzilgan, jamoa uni 2021 yilgacha uzaytirishni istamoqda.

Kataloniyaliklar jamoasi rahbariyati yangi shartnomaga futbolchi transfer qilingudek bo‘lsa, u uchun 220 million yevro tovon puli so‘rashga imkon beruvchi band kiritmoqchi. Futbolchining ayni damdagi tovon puli miqdori 190 mln yevroni tashkil qiladi.

Xabar qilinishicha, aynan shu bandni kiritish tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarning cho‘zilishiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, jamoaning boshqa bir hujumchisi Messining shartnomasida uning tovon puli 250 mln qilib belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish