Chiroqchi tumanida qurol oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi
2015 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tuman sudida Jinoyat kodeksi 248-moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 10 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
2015 yilning 21 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda tumandagi Oqchova qishlog‘ida yashovchi fuqaro Boyqulov qaynukasi To‘rayev bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, noqonuniy ravishda saqlab kelgan ov qurolini 500 ming so‘mga sotayotganda ushlangan va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
“Chiyal” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘rta qishlog‘ida yashovchi Alisher Bozorov esa 2015 yil mart oyida marhum bobosiga tegishli uyni buzayotganida bir dona o‘qotar qurol, 151 dona o‘q, 90 dona piston, 1 dona gilza, 1 dona temir idishga solingan aylanmasimon drop va porox topib olgan. Ularni tegishli idoralarga topshirmay, uyida saqlab kelgan.
U qishloqdoshlari R.Shodmonov va O.Bozorov bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2015 yil 3 aprel kuni tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan fuqarolarga qurolni 400 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Sud tumanidan ushbu shaxslar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.