Jahon | 18:28 / 10.05.2016
3627
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaga yeta olmagan minglab qochqinlar nomsiz qabrlarga dafn etilgani ma'lum bo‘ldi

O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga yetib olishga uringan 1250 nafar atrofida qochqinlar nomsiz qabrlarga dafn etilgan. Bu haqda “Bi-bi-si” xabar tarqatdi

Ma'lum bo‘lishicha, Yevropa Ittifoqi tomon yo‘l olgan, biroq manziliga yeta olmagan ko‘plab qochqinlarning tanasini baliqchilar topib olgan. Ko‘ngillilar hukumat vakillariga ularning shaxsini aniqlashda faol yordam ko‘rsatmoqda. Lekin shaxsni aniqlash doim ham ijobiy natija bilan yakunlanmaydi. 

So‘nggi ikki yil davomida cho‘kib ketgan qochqinlarning jasadlari Gretsiya, Turkiya va Italiya hududlarida kamida 70ta qabrga ko‘milgan.