22:22 / 10.05.2016
3052

Frantsuz alyansi fondi raisi Toshkent va Buxoroga safar qildi

Frantsuz alyansi fondi raisi Jyerom Kleman 4-6 may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida bo‘ldi.

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u tashrifi vaqtida Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Dilshod Axatov hamda Adliya vaziri o‘rinbosari Anvar Usmonov bilan uchrashgan.

Uchrashuvlar vaqtida tomonlar Toshkentdagi fransuz alyansining ilk yildagi faoliyati yakunlari haqida gaplashishgan.

U 4 may kuni Toshkent fransuz alyansida «Frantsuz alyanslari tarmog‘i dunyo bo‘ylab» mavzusida ma'ruza qilgan.

6 may kuni u Buxoroga tashrif amalga oshirgan. U safari davomida bu shaharda alyans tashkil etish imkoniyatlarini o‘rgangan.

Parijda joylashgan mazkur fond dunyoning 5 qit'asidan 800dan ortiq fransuz alyanslarini birlashtirganligi sababli yer yuzidagi eng yirik madaniy muassasalar tarmog‘i hisoblanadi. Jyerom Kleman Fransiya Respublikasi hukumatida madaniyat sohasidagi nufuzli vazifalarni bajargan, Arte nomli fransuz-nemis madaniy telekanalini 1989 yili asos solinganidan to 2011 yilgacha boshqargan.

 

Top