Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finalida “Ardus” klubi g‘alaba qozondi
Toshkentning “Ardus” klubi futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. 8 may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tgan final uchrashuvida Xose Mariya Mendez shogirdlari amaldagi chempion bo‘lmish Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
G‘olib jamoa tarkibida Davron Choriyev dublga erishdi.
Bu natija orqali “Ardus” kubokni o‘zida saqlab qoldi. O‘tgan yilgi finalda ham “Ardus” g‘alaba (3:2) qozongan edi. Bu ikki jamoa endi mamlakat chempionati oliy ligasining finalida ham to‘qnash kelishadi.
“OLMALIQ” – “ARDUS” 3:5
Gollar: S.Kuralov 38, D.Choriyev (avtogol) 38, A.Shlema 40 - D.Irsaliyev 8, D.Choriyev 13, 37, K.Sviridov (avtogol) 30, F.Abdumavlonov 39
“Olmaliq” (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Klim Tyugayev, Timur Sadirov, G‘ulom Mamajonov, Sirojiddin Mahmudov, Sunnat Kuralov, Maqsud Fayzullayev, Xurshid Umaraliyev, Rustam Tog‘ayev.
“Ardus” (birinchi beshlik): Nikolay Kravchenko, Artur Yunusov, Dilshod Irsaliyev, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: Ravshan Eliboyev, Shaxzod Bo‘riyev, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, Davron Choriyev, Ilhom Xamroyev, Alan Aminov, Elyor Samadov.