Fan-texnika | 17:27 / 10.05.2016
4297
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone’da ta'qibdan himoya qiluvchi ilova paydo bo‘ldi

System and Security Info iPhone uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqdi. U qurilma egasini telefon buzilishidan ogohlantiradi, deb xabar qilmoqda Gizmodo.
Mazkur ilova xavfsizlik tadqiqotchisi Stefan Esser tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u jyeylbreyk qilingan barcha telefonlarda ishlaydi. 

Telefon egasi ilova yordamida qurilmani skan qilishi, smartfon proshivkasi tasnifining haqiqiyligini hamda iOS dasturini yangilash uchun Apple elektron imzolari dolzarbligini tekshirib ko‘ra oladi.


Mabodo, ilova telefon xavfsizligi buzilganini ma'lum qilsa, iPhone’ni zavoddan chiqqan paytdagi sozlashlariga qaytarish lozim. Shu bilan g‘arazgo‘ylar smartfon egasining shaxsiy ma'lumotlariga kira olmaydi.