21:56 / 10.05.2016
6325

Raneri qaysi o‘yindan keyin «Lester»ning chempion bo‘lishini tushungani haqida aytdi

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z jamoasining APL chempioni bo‘lishi munosabati bilan italiyalik jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Qaysi vaqtga kelib «Lester»ning chempion bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylay boshladingiz?

– Safarda «Manchester Siti» ustidan safarda qozonilgan g‘alabadan keyin (2016 yilning 6 fevrali, 25-tur, 3:1). Shuningdek, «Arsenal»ga qarshi ikkinchi davradagi o‘yinda (14 fevral, 1:2) oxirgi daqiqalarda mag‘lub bo‘lsakda, chempionlarga xos o‘ynagandik. O‘sha o‘yin vaqtida jamoaning ishtiyoqini kuzatib yordamchimga biz chempion bo‘la olishimiz haqida ilk bor aytganimni eslayman.

«Lester» ertagi Italiyada takrorlanishi mumkinmi?

– Katta jamoalarda muammolar yuzaga kelsa mumkin. Bu mavsumda Angliyada aynan shunday holat kuzatildi.

Sizlarning chempionligingiz futbol tarixidagi eng katta jasorat bo‘ldi deb hisoblaysizmi?

– Yo‘q. Bundan a'loroq natijalar o‘tgan asrda «Nottinhem Forest» jamoasi tomonidan o‘rnatilgan. Ular mamlakat chempioni bo‘lish bilan birga Yevropa chempionlar Kubogini ham yutishgan. Men ham keyingi yillarda shunday muvaffaqiyatni takrorlashga umid qilaman», – degan italiyalik mutaxassis.

Top