Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi
Toshkent shahridagi Badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiya zaxiralari respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi xabariga ko‘ra, ushbu turnirda O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Indoneziya, Tailand, Malayziya va Qozog‘istondan kelgan 160 nafar atrofidagi sportchilar ishtirok etadi.
Turnirda O‘zbekiston sharafini Maftuna Quvondiqova, Yelizaveta Nazarenkova, Jasmin Yusupova va Sabina Toshkenboyeva himoya qiladi.
Jamoaviy musobaqalarda esa Komila Rustamova, Farangiz Shodiyeva, Matluba Rashidova, Karina Tog‘ayeva, Omina Qosimova va Anna Ten ishtirok etadi.
Turnirning ochilish marosimida O‘zbekiston madaniyat va san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi o‘tkazildi.