O‘zbekiston | 17:58 / 10.05.2016
3843
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDH hududida balog‘atga yetmaganlarni qaytarish bo‘yicha tuzilgan xalqaro shartnomani tasdiqladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov qarori bilan O‘zbekiston MDH hududida balog‘atga yetmagan fuqarolarni o‘zining doimiy yashash mamlakatiga qaytarish haqidagi protokolga qo‘shilishi tasdiqlandi.

MDH mamlakatlari orasida voyaga yetmaganlarni qaytarish haqidagi shartnoma 2002 yilning 7 oktabrida imzolangan edi.

2015 yilning 30 oktabrida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari vakillari uchrashuvida ushbu shartnomaning boshqa mamlakatlarda noqonuniy ravishda yashayotgan, balog‘atga yetmagan o‘smirlarni o‘z vataniga qaytarish vaqtida paydo bo‘ladigan xarajatlar tartibini belgilash bo‘yicha ijroiy protokoli imzolangan edi.

Prezident IIVga ushbu shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarish ta'minlanishini nazorat qilishni topshirdi.

Shuningdek, Islom Karimov Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston ushbu xalqaro shartnoma bo‘yicha tegishli jarayonni boshlagani to‘g‘risida depozitariyga bildirishnoma jo‘natishni topshirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish