Jamiyat | 16:42 / 10.05.2016
6576
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Milliy universitetida «Universitet malikalari» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Universitet malikalari» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
Joriy yilgi tanlovning quyi bosqichlarida uch yuzga yaqin talaba ishtirok etdi. Ular orasida g‘olib bo‘lgan o‘n nafar qiz yakuniy bosqichda o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
«Universitet malikalari» tanlovida ishtirokchi qizlarning bilimi, odob-axloqi, epchilligi, zukkoligi, sport ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabasi Nasibaxon Karimova va geografiya-geologiya fakulteti talabasi Dilfuza G‘ayratbekova birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.