Light | 19:51 / 10.05.2016
39414
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gulqog‘ozlarning suvda qorilib, devorga suvaladigan turi ishlab chiqarila boshlandi

Toshkentda «Kvadrat Decor» kompaniyasi dekorativ tekstil suvog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Odatiy gulqog‘oz (oboy)lardan farqi shundaki, uni avval suvda qorib olib, keyin esa devorga suvash kerak bo‘ladi.

U kleylanib, yopishtirilmaydi. Ivitilib, devorga suvaladi. Bunda esa uyda umuman chang ko‘tarilmaydi, devorning teshik-yoriqlari, notekisligi ham halaqit bermaydi.

Uning yana bir yaxshi tomoni esa, qachondir devorning bir qismi ko‘chib tushsa, ozginasini suvda ivitib, o‘zingiz ham devorga surtib, avvalgidek qilib qo‘yaverasiz.

Mahsulot ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, «Kvadrat Decor» gulqog‘ozlarini oq ko‘ylak, qora shimda turib ham devoringizga suvashingiz mumkin. Kiyimingizga esa gard ham yuqmaydi.

Ulardan yoqimli hid taralib turadi. Bu esa uyga kirgach, kayfiyatingiz ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. 

«Kvadrat Decor» gulqog‘ozlarining bir qopida 1,5 kilogramm mahsulot bo‘ladi va u 6 metr kvadrat yuzani suvash uchun yetadi. U haqda batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Qayerda ishlatiladi?

U binolarni qurilish va ta'mirlash jarayonida ishlatiladigan dekorativ qurilish materiali hisoblanadi. Bu suvoq qurish yoki ta'mirlash jarayonlarining so‘nggi bosqichida ishlatiladi.

Ushbu mahsulot binolarning ichki yuzasiga surtish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, suriladigan yuza quruq, qum yoki shpaklyovka suvoq, gipsokarton, hatto moyli yuza ham bo‘lishi mumkin.

Farqi va afzaliklari:

Surtish yuzasini alohida tayyorlash shart emas, Ya'ni mayda yoqirlar, notekisliklar halaqit bermaydi;

Bu suvoq turida ranglar turi juda ko‘p bo‘lib, hozirda «Kvadrat Decor» kompaniyasi 40 xildan ortig‘ini taklif qilmoqda;

Undan binoning maxsus notekis, qayrilgan joylarida ham foydalanish mumkin;

U tabiiy tolali materialdan tayyorlangani uchun tabiiy jihatdan mutlaqo xavfsiz hisoblanadi;

Tekistil dekorativ suvog‘i barcha boshqa suvoqlarga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi, shovqinni yutish va akustikasi yaxshiligi bilan ajralib turadi;

Ustaning fantaziyasiga qarab, undan bezak uchun kreativ va betakror kompozitsiyalar, geometrik shakllar hosil qilish mumkin;

Undagi antiseptik qo‘shimchalar hisobiga xilma-xil zamburug‘lar, bakteriyatsid dog‘lar hosil bo‘lmasligini kafolatlaydi.

Tarkibi:

Tselyuloza, tekstil tolalari, mineral qo‘shimchalar, bog‘lovchi materiallar sifatdia oziq-ovqat, kosmetika va farmasevtikada ishlatiladigan qo‘shimchalardan iborat.

Qayerdan sotib olish mumkin?

Yurtimizdagi deyarli barcha qurilish bozorlaridan harid qilish mumkin. Yoki (+99897) 715-8005 va (+99897) 715-9005 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, buyurtma qilsangiz ham bo‘ladi.

Uni tayyorlash va devorga suvash jarayoni hamda yakuniy holat qanday ko‘rinishda bo‘lishini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish