30 yoshli mushuk Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
Texas shtatidagi Mensfild shahrida yashovchi Skuter laqabli siam mushugi hozirda dunyoda yashayotgan eng keksa mushuk sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, mushuk 2016 yil 26 martda 30 yoshga to‘ldi.
Mushuk egasi Geyl Floyd mushukning bunday uzoq umr ko‘rishiga uning serharakatligi sabab bo‘layotganini aytgan. Floydning aytishicha, mushuk juda ko‘p sayohat qiladi va AQShning 45 ta shtatida bo‘lishga ulgurgan. Mushuk egasining ta'kidlashicha, mushuk uni cho‘miltirishgandan keyin fenda quritishlarini va tovuq yeyishni xush ko‘radi.
Ta'kidlanishicha, Skuter dunyoda yashab o‘tgan mushuklardan eng keksasi hisoblanmaydi, chunki bu borada Texasda 38 yil yashagan boshqa bir mushuk rekordchi hisoblanadi.