Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda g‘oz politsiya xodimidan bolasini qutqarish uchun yordam so‘radi
Amerikaning Ohayo shtatida g‘oz o‘z bolasini qutqarish uchun politsiya xodimini yordamga chorlab murojaat qildi. Bu haqida WKRC-TV portali ma'lum qildi.
Serjant Jyeyms Givensning so‘zlariga ko‘ra, g‘oz avtomobil yoniga kelganida, u mashina ichida bo‘lgan.
"Odatda qushlar bu qadar yaqinlashmaslar-da, g‘oz eshikni to‘xtovsiz cho‘qirdi. Shundan so‘ng u chetroqqa o‘tib menga qaradi. Uning ketidan borganimda, bolasining arqonga o‘ralib qolganini ko‘rdim", - dedi politsiyachi.
Serjantning yonidagi hamkasbi Sesiliya Cherron g‘oz bolasini ozod qildi. Givensni qushning inson bilan o‘zini xotirjam tutishi ajablantirdi. "Men doim g‘ozlar odamlardan qo‘rqadi va agar ularning bolalari yoniga yaqinlashsam, hujum qilishadi deb o‘ylardim", - qo‘shimcha qildi u.