Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:21 / 11.05.2016
2333
1 daqiqa o‘qiladi
Armaniston TIV o‘ziga qo‘yilgan fosfor snaryadlari haqidagi ayblovni inkor etdi
Armaniston TIV Bokuning mamlakat tomonidan fosforli qurollar qo‘llanilgani haqidagi ayblovlarini rad etdi.
ANAMA milliy agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Qorabog‘-Ozarboyjon liniyasining minalashtirilgan maydonida portlamay qolgan fosfor snaryadlar topilgan. Ozarboyjon TIVning ma'lum qilishicha, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilarni o‘sha qurollar bilan tanishtirishni maqsad qilingan.
Armaniston TIV matbuot kotibi Tigran Balayanning ma'lum qilishicha, Yerevan Ozarboyjonning ayblovlarini absurd va yaramas fikrlar deb hisoblaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish