Jahon | 10:35 / 11.05.2016
3155
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda 1971 yilgi harbiy jinoyati uchun jangarilar yetakchisi osib o‘ldirildi

Bangladeshda «Jamaati-Islom» guruhining 71 yoshli yetakchisi Moti ur-Rahmon Nizomiyga chiqarilgan o‘lim hukmi ijro etildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Nizomiy boshqargan guruh 1971 yilda Bangladeshning mustaqilligiga qarshi harakatlarni amalga oshirgan. U to‘rtta harbiy jinoyatda, shu jumladan olimlarning o‘limida ayblangan.

Bangladesh mustaqilligi uchun urush 1971 yilda G‘arbiy Pokiston (hozirgi Pokiston) va Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh) o‘rtasida kechgan, yakunda Sharqiy Pokiston alohida ajralib chiqib, Bangladesh davlati paydo bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish