Jahon | 17:30 / 11.05.2016
3241
2 daqiqa o‘qiladi

Berlinda "normand to‘rtligi" TIV rahbarlarining uchrashuvi boshlandi

Ukraina ziddiyatiga barham berish bo‘yicha "normand to‘rtligi": Germaniya, Rossiya, Fransiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining Berlin uchrashuvi boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

Tomonlar, xususan, Minsk kelishuvlari shartini bajarish, o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etish, mahalliy saylovlar, umumiy avf, Konstitutsion islohot o‘tkazish va asirlarni almashish masalasini muhokama etishadi. 

"To‘rtlik" uchrashuvi arafasida RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Minsk kelishuvlarini hayotga tatbiq etish borasida achinarli vaziyat vujudga kelgan"ini aytar ekan, Ukrainadagi ziddiyatga barham berish uchun "normand to‘rtligi" formatining ahamiyatini qayd etgan. 

Ushbu "to‘rtlik"ning avvalgi uchrashuvi shu yil 3 martida Parijda bo‘lib o‘tgan edi. Bu safargi yig‘ilish esa, "normand to‘rtligi"ning 2016 yildagi uchinchisidir. 
Ukraina bo‘yicha "normand to‘rtligi" 2014 yil yozida Normandiyada tashkil etilgandi.