18:36 / 11.05.2016
3963

Berlinda Ukraina masalasiga bag‘ishlangan "normand to‘rtligi" uchrashuvi yakunlandi

Berlinda "normand to‘rtligi": Germaniya, Rossiya, Fransiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlandi.

Qayd etilishicha, uchrashuv 3 soat davom etgan.

Tomonlar, xususan, Minsk kelishuvlari shartini bajarish, o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etish, mahalliy saylovlar, umumiy avf, Konstitutsion islohot o‘tkazish va asirlarni almashish masalasini muhokama etishdi.

Uchrashuvi arafasida RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Minsk kelishuvlarini hayotga tatbiq etish borasida achinarli vaziyat vujudga kelgan"ini aytar ekan, Ukrainadagi ziddiyatga barham berish uchun "normand to‘rtligi" formatining ahamiyatini qayd etib o‘tgan.

Ushbu "to‘rtlik"ning avvalgi uchrashuvi shu yil 3 martida Parijda bo‘lib o‘tgan edi. Bu safargi yig‘ilish esa, "normand to‘rtligi"ning 2016 yildagi uchinchisidir. 

Ukraina bo‘yicha "normand to‘rtligi" 2014 yilning yozida Normandiyada tashkil etilgandi.

Top