Sport | 09:55 / 11.05.2016
3252
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi»ning yana bir futbolchisi maydonga niqob taqqan holda tushishga majbur bo‘ladi

«Chelsi» jamoasining ispaniyalik yarimhimoyachisi Pedro Rodrigesning burni sindi. Bu haqda londonliklar klubi murabbiyi Guus Hiddink ma'lum qilgan.

«Pedro jarohat olmagan, ammo u «Liverpul»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Chunki u mashg‘ulotga kelmadi, bunga u o‘z uyidaligida burnini sindirib olgani sabab bo‘ldi. U buni qanday qilgan, buni bilolmadim.

U menga uyida yiqilib, burnini sindirib olganini aytdi. Pedro yaqin kunlarda mashg‘ulotlarga kirishadi. Lekin keyingi kunlarda u mashg‘ulotlarga kela oladi», – deydi Hiddink.

Xabar qilinishicha, u maydonda maxsus himoya niqobi taqqan holda harakatlanishga majbur bo‘ladi.

37-tur doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan uchrashuvni Diyego Kosta va Branislav Ivanovich ham o‘tkazib yuboradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish