Jamiyat | 08:13 / 11.05.2016
5233
2 daqiqa o‘qiladi

Garri Potter haqidagi filmlar yulduzi "Panama hujjatlari"ga aloqadorligi ma'lum bo‘ldi

Taniqli britaniyalik aktrisa Emma Uotson Londonda 2,8 mln funt sterlinglik (4 mln dollar) uy sotib olish uchun ofshor mojarolari girdobida qolgan Mossack Fonseca kompaniyasi xizmatidan foydalangani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Garri Potter haqidagi filmlarda Germiona Greynjyer rolini ijro etishi bilan tanilgan Uotson 2013 yilda Panamaning Mossack Fonseca huquqshunoslik kompaniyasi xizmatlaridan foydalanib, o‘zining Falling Leaves firmasini tasis etgan. Aktrisa shu firma orqali ko‘chmas mulkni sotib olgan.

Avvalroq aktrisaning matbuot kotibi bu operatsiya "soliqlardan qochish uchun emas, balki yashirin bitim tuzish uchun" amalga oshirilganini ma'lum qilgandi.

Ushbu hujjatlarda shuningdek bir qator boshqa taniqli britaniyaliklar – musiqachilar Mik Jagger, Bob Geldof va Ringo Starr, sobiq futbolchi Endi Koul hamda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherning o‘g‘li Mark Tetcher nomlari ham qayd qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish