Jahon | 10:20 / 11.05.2016
2908
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Shimoliy Koreya hech qachon yadroviy davlat sifatida tan olinmaydi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri KXDR hech qachon tan olingan yadroviy davlat bo‘la olmasligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

«Shimoliy Koreya hech qachon tan olingan yadroviy mamlakat bo‘la olmaydi», — degan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Xitoy hukumatini shimollik koreyslar bilan munosabatlarida sanksiyalar qo‘llashga undaydi.

Bundan oldinroq, Shimoliy Koreya kongressi mamlakatning yadroviy qudratini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, KXDR hukumati mudofaa maqsadida yadroviy salohiyatini ham hajman, ham sifat jihatidan yaxshilamoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish