10:05 / 11.05.2016
6253

Lingard londonlik muxlislar «MYu» avtobusiga hujum qilgandagi vaziyat videosini namoyish qildi

«Manchester Yunayted» jamoasi futbolchisi Jyessi Lingard internetga «Vest Hem»ga qarshi o‘yin uchun ketayotgan manchesterliklar avtobusiga londonlik muxlislar tomonidan amalga oshirilgan hujum tasvirlangan videoni joylashtirdi.

Hujum vaqtida futbolchilar kreslolar o‘rtasidagi hududga bekinib olib, atrofdagi voqealarni o‘z telefonlari orqali tasvirga olish bilan band bo‘lishganini ko‘rish mumkin.

Bu tartibsizlik tufayli o‘yin hakami o‘yin boshlanish vaqtini 45 daqiqaga kechiktirishga qaror qildi.

«Vest Hem» muxlislari «Manchester Yunayted» futbolchilari avtobusiga hujum qilishdi

Top