Jahon | 11:41 / 11.05.2016
2112
1 daqiqa o‘qiladi

Matviyenko: Rossiya Qozog‘iston bilan kosmosdagi hamkorlikni davom ettiradi

Rossiya Federatsiyasi Kengashi spikeri Valentina Matviyenko Rossiya Qozog‘iston bilan hamkorlikni samoda davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi. 

"Albatta bu bizning umumiy sanamiz va biz o‘zaro hamkorligimizni kosmik aloqalarni rivojlantirish orqali davom ettiramiz", - dedi Matviyenko Qozog‘iston paralamenti senati vakili Qosim-Jo‘mart Tokayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 12 aprel kuni ilk kosmik parvozning 55 yilligi nishonlanganini yodga olib.

Shuningdek, u Rossiya tomoni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning 9 May kuni Moskvada bo‘lganini yuksak baholaganini ta'kidladi. 

Bundan avvalroq, Putin Nazarboyevga Ikkinchi jahon urushi yillarida qozoqlarning jasorati to‘g‘risidagi gazetalarni taqdim etgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish