15:03 / 11.05.2016
5932

MINI o‘zining ilk mashinasi sharafiga Cooper’ning maxsus versiyasini ishlab chiqdi


MINI kompaniyasining Amerikadagi zavodi Cooper xetchbekining maxsus modeliga Seven nomini berdi. Yangilik 1959 yilda ishlab chiqilgan Morris Mini Minor (Koulda ishlab chiqilgan) va Austin Seven (Longbrijda ishlab chiqilgan) sharafiga yaratilgan.

MINI Seven kumushtusli tomga va kapot uzra tushirilgan shu rangdagi keng chiziqlarga ega. Xetchbek kuzovi Lapisluxury Blue (MINI mashinalari qachonlardir bo‘yalgan eng to‘yingan ko‘k rang)da. Bundan tashqari, unda «Seven» so‘zlari qayd etilgan va eksklyuziv 17-dyuymli disklar bilan jihozlangan. 

Uning saloni ham o‘ziga xos. Sport kursisi charm va kletchatkali mato bilan tortilgan. Uning old paneli va markaziy konsolida qora va zarg‘aldoq rangli butlovchi qismlar paydo bo‘lgan. 6,5-dyuymli ekranga ega multimedia tizimi xaridor xizmatiga shay. Qo‘shimcha haq evaziga, 8,8-dyuymli monitor va navigator to‘plamini buyurtma berish mumkin. 

Xetchbekning maxsus versiyasi Cooper va Cooper S to‘plamida ishlab chiqariladi. Birinchisiga 1,5-litr hajmli 136 ot kuchiga ega 3 silindrli motor bilan jihozlanadi. Ikkinchisiga, 2 litrlik 192 ot kuchi beruvchi «turboto‘rtlik» o‘rnatiladi. Avtomobil olti diapazonli «mexanik» yoki «avtomat» uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. 

MINI Seven savdolari AQShda 2016 yil ikkinchi yarmidan boshlanadi. Ammo, uning narxi hozircha oshkor qilinmayapti.

Top