Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Jangarilar Yevropada teraktlar tashkil etish uchun qochqinlar oqimidan foydalanadi
IShID jangarilari va boshqa terroristik guruhlar Yaqin Sharqdan Yevropaga yo‘l olgan qochqinlar oqimida o‘z jangarilarini bu oqim bilan Buyuk Britaniyaga kirib olib, bu mamlakatda teraktlar tashkil etishni rejalashtirish uchun yubormoqda. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, terrorchilarning bu rejasi Italiyada 10 may kuni Yevropada teraktlar uyushtirish maqsadida tayyorlangan jangarilar guruhi (2 nafar afg‘onistonlik va 1 pokistonlik) qo‘lga olinganidan keyin fosh bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, mamlakat janubidagi aksilterror operatsiyasi davomida karabinerlar ikki nafar afg‘onistonlik — xalqaro terrorizmda gumonlanayotgan 23 yoshli Hakim Nosiriy va tergov taxminiga ko‘ra, muhojirlarni noqonuniy tashishda yordam bergan 29 yoshli Guliston Ahmadzoyni qo‘lga olgan. Yana ikki jinoyatchi qochib ketgan.

Mafiyaga qarshi kurash boshqarmasining ma'lumotiga qaraganda, hibsga olinganlar IShID va «Al Qoida» terrorchilik guruhi bilan bog‘liq jinoiy birlashmaning a'zolari bo‘lgan.
Bu guruh Italiya va Buyuk Britaniya aeroportlari, portlari, savdo markazlari, mehmonxonalari va boshqa joylarida teraktlar tayyorlayotganligini ma'lum qilgan. Ularning mobil telefonlarida Bari, Rim va Londonda olingan suratlar topilgan.



Qayd etilishicha, bu shaxslar Yevropaga qochqin maqomida kirib kelgan va ular Yevropa hududida erkin harakatlanishgan.
Italiya politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, bu guruh IShIDning Iroq, Suriya, Falastin va Livandagi vakillari bilan aloqada bo‘lib turgan.