Jahon | 17:17 / 11.05.2016
5652
1 daqiqa o‘qiladi
Olimlar “Uzuklar hukmdori”dagi vulqon otilishi mumkinligidan ogohlantirishdi
Yangi Zelandiya Qirollik ilmiy-tadqiqot instituti “Uzuklar hukmdori” filmi orqali barchaga tanish bo‘lgan Ruapexu vulqoni otilishi ehtimolidan ogohlantirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar qildi.
“Yaqinda olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, vulqon gazlari ajralmasi ko‘payganini tasdiqlaydi”, - deyiladi institut bayonotida.
Krater ko‘lining harorati bir oyda 25 darajadan 46 darajagacha ko‘tarilgan.
Ruapexu – Yangi Zelandiyaning harakatdagi vulqoni. Yangi Zelandiya Shimoliy orolining eng baland nuqtasi hisoblanadi, uning balandligi 2797 metrga yetadi.
Piter Jyeksonning “Uzuklar hukmdori” filmida vulqon “Mash'um tog‘”ni (Orodruin) ifoda qilgan.
Ruapexu vulqoni oxirgi marta 2007 yil 25 sentabrda otilgandi.