Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sarkozining qaynonasi uyiga bir necha qochqinni qabul qiladi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining qaynonasi Mariza Bruni-Tedeski o‘z uyiga bir necha qochqinni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda La Repubblica xabar qildi.
“Hozir men shunga tayyorlanyapman. Mening germaniyalik bir do‘stim shunday yo‘l tutdi. Bu qashshoqlik dengizida bir tomchi ekanini bilaman, lekin nega qabul qilmasligim kerak?”
Sarkozining siyosiy kelajagi xususida so‘zlar ekan, Bruni-Tedeski Fransiya sobiq rahbari Yelisey qarorgohiga qaytishi to‘g‘risida bilmasligini bildirdi.
“Nikolyaning virusi bor: bu – siyosat. U ketib (prezidentlik postidan), konferensiyalarda ishtirok eta boshlagach, hammasi tugaganiga ishona olmadim. Endi ishlar qanday kechishini men bilmayman”, - ma'lum qildi u.