Sport | 10:57 / 11.05.2016
2287
1 daqiqa o‘qiladi

Slutskiy va Rossiya termasi futbolchilari «Chto? Gde? Kogda?» teleo‘yinida ishtirok etadi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi futbolchilari Birinchi kanal orqali efirga uzatiladigan «Chto? Gde? Kogda?» («Nima? Qayerda? Qachon?») teleo‘yinida ishtirok etadi. 

TASS axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, yozgi seriya o‘yinlari doirasida musobaqalashadigan jamoaga terma jamoa bosh murabbiyi Leonid Slutskiy sardorlik qiladi. 

Mazkur ko‘rsatuv 22 may kuni 22.30da (Moskva vaqti bilan) efirga uzatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish