O‘zbekiston | 17:31 / 11.05.2016
4547
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT rahbarlari uchrashuviga jurnalistlarni akkreditatsiya qilish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jurnalistlarni 2016 yilning iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida qatnashish uchun akkreditatsiya qilishni boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati saytida ma'lum qilingan.

Kengashni yoritish niyatida bo‘lgan OAV vakillari O‘zbekiston TIV saytida ko‘rsatilgan hujatlar to‘plamini vazirlikka yuborishi so‘ralgan.

1. manfaatdor ommaviy axborot vositasi rahbarining O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalari yoki O‘zbekiston Respublikasi TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar orqali o‘z muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;
2. manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma'lumotnoma-axborot;
3. muxbirning tarjimai holi va pasport nusxasi;
4. akkreditatsiya qilinadigan muxbirning 700x700 dpi hajmdagi fotosurati (yuqori sifatda, qat'iy to‘g‘riga qaragan holda, oq yoki ko‘k fonda, elektron nusxasini sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natish);
5. to‘ldirilgan anketa (elektron nusxasini sco2016@tiv.uz elektron pochta manziliga jo‘natish).

OAV vakillaridan akkreditatsiya arizalari 2016 yilning 6 iyuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha qabul qilinadi. Ushbu muddatdan keyin olingan yoki kerakli ma'lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan, arizalar va jurnalistlar anketalari ko‘rib chiqilmaydi.

Chet el axborot vositalari, anjumanda qatnashish uchun nafaqat ariza yuborishi, balki O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiya olishi kerak bo‘ladi.