Jamiyat | 21:46 / 11.05.2016
6188
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent ko‘chalaridan birida paydo bo‘lgan chuqurlik ko‘ngilli haydovchilar tomonidan ta'mirlandi
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli v Tashkente" guruhida shahardagi hojatbaror ko‘ngillilarning ibratli ishi haqida post joylashtirildi. Unda Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishmasi yaqinidagi chuqurlik bir guruh ko‘ngilli haydovchilar tomonidan tuzatilgani aytilgan.
Hodisa guvohining ma'lum qilishicha, asli kasbi stomatolog bo‘lgan tashabbuskor haydovchi sement va qum olib kelgan, u ish boshlaganida boshqalar unga yordamga kelgan va o‘ra qorishma bilan to‘ldirilgan.
2016 yilning yanvarida ham haydovchilardan iborat ko‘ngillilar guruhi Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidagi yo‘lda joylashgan trubani olib tashlashgani haqida xabar berilgandi.