O‘zbekiston | 11:59 / 11.05.2016
3096
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston TIVda Xitoy elchisi bilan ikki tomonlama munosabatlar holati ko‘rib chiqildi
2016 yilning 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar tarqatgan.
Suhbat davomida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama tadbirlar hamda hozirgi kunda O‘zbekiston raislik qilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi uchrashuvlar nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.