Iqtisodiyot | 15:38 / 12.05.2016
4491
1 daqiqa o‘qiladi

Brent rusumli neftning bir barreli ikki hafta ichida birinchi marta 48 dollarga chiqdi

Londonning ICE birjasidagi savdolarning 2016 yil iyul oyida yetkazib beriladigan fyuchers shartnomalarida Brent markali neftning bir barreli  0,84 foizga ko‘tarilib, 48 dollardan sotilgan. Bu 29 apreldan beri qayd etilgan eng yuqori qiymatdir. 

Rossiya milliy valyutasi ham neft narxining o‘sishi bilan o‘z qadrini tiklab bormoqda. Xususan, birja savdolarida rublning dollarga nisbatan kursi 4 tiyinga ko‘tarilib, 64,93 rublni tashkil etgan. Yevroga nisbatan kursi esa 17 tiyinga o‘zgarib, 74,12 rublgacha tushgan.

"Veles Kapital" tahlilchisi Vasiliy Tanurkov neft narxi o‘sishini "AQSh neft zaxirasining o‘tgan haftada 3,4 mln. barrelga pasayishiga oid ma'lumotlarning e'lon qilinishi, neft narxiga ta'sir etdi. Aslida uning hajmi Bloomberg agentligiga ko‘ra, 750 ming barrelga ko‘tarilishi kerak edi", deb izohlagan.