Jahon | 16:59 / 12.05.2016
3039
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi zavodda portlash sodir bo‘ldi

Fransiya janubi-g‘arbidagi Bayonna sanoat hududida portlash yuz berdi. Bu haqda politsiya ma'lumotiga asoslani BFM telekanali xabar tarqatgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa gaz balloni portlashi orqali ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, porlash chiqindilarni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish