Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mish-mishlarga qarshi kurash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqiladi
Xitoyda internet foydalanuvchilari ishonchsiz mish-mishlarni muhokama qilishi mumkin platforma ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Global Times xabar qilgan.
Bu loyiha haqida XXR jamoat xavfsizligi vazirligi hamda Sina Weibo mikroblogida xabar qilingan.
Bu platforma orqali internet foydalanuvchilari mish-mishlar skrinshotlari, havolalarni muhokamaga tashlashi, moderatorlar esa ma'lumotlarni tekshirib, ularning haqqoniy yoki xatoligi haqida rasman e'lon qilishi mumkin bo‘ladi.
Bunday harakatlar hukumat tomonidan kibermakondagi sharoitlarni yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda. XXR raisi Si Tszinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy milliy segmentida ijobiy muhit yaratilishi zarur.