Jamiyat | 14:37 / 12.05.2016
3983
1 daqiqa o‘qiladi

Ingliz faylasufining avtoportreti 35 million dollarga sotildi

Ingliz faylasufi Frensis Bekonning avtoportreti kimoshdi savdosida 35 million dollar evaziga o‘z sohibini topdi. Bu haqda Reuters xabar qildi. Kim oshdi savdosini Sotheby's auksion uyi amalga oshirgan. 

Shuningdek, abstraksionist Say Tvombli qalamiga mansub nomsiz surat 36,7 million dollarga sotildi. Ushbu san'at asarlarining ikkalasi ham avval kimoshdi savdosiga qo‘yilmagan. 

Sotheby's 242,2 million dollarlik savdo amalga oshirdi. Taklif etilgan asarlardan faqat ikki donasigina sotilmay qolgan. 

Frensis Bekon – 16 asrda yashagan ingliz faylasufi, tarixchi, siyosatchi, empirizm asoschisi.