Instagram o‘z dizaynini o‘zgartirdi va qora-oq rangga kirdi
Instagram o‘z mobil dasturi belgisini va xabarlar tasmasini o‘zgartirdi. Fotoxizmatning sxematik kamera ko‘rinishdagi jigarrang logotipi “kamalak” rangiga o‘zgargan. Bundan tashqari, Instagram kompaniyasi interfeysdagi bir necha,
rangli qismlarni olib tashlagan. Aytilishicha, bu qismlar foydalanuvchilarni fotosuratlar va videolardan chalg‘itgan.
Fotoxizmatning yangi rusumining tepa qismida joylashgan ko‘k panel va past qismidagi qora panellar shaffof ko‘rinishga aylandi. Bundan tashqari, Instagram’da iOS va Android platformalari uchun mo‘ljallangan shriftlardan foydalanildi.
Instagram muallifligidagi quyidagi mobil dasturlar ham o‘z logotiplarini o‘zgartirishdi: kollajlar uchun yaratilgan Layout xizmati, Hyperlapse va Boomerang videoxizmatlari.
Instagram matbuot xizmatining so‘zlariga ko‘ra, yangi ko‘rinish bugungi kundagi yuklanayotgan fotosuratlar va videolarning xilma-xiligini aks ettiradi.
«Oxirgi besh yil ichida Instagram hamjamiyati juda o‘zgardi: endilikda bu foydalanuvchilar ishlov berilgan fotosuratlarni yuklaydigan maydon emas, balki bu insonlarning butunjahon bo‘ylab kuniga 80 million foto va video chop etadigan hamjamiyatga aylandi», deb ta'kidlashdi kompaniya vakillari.